"Napoli" De Bryuyne o‘rniga "Barsa" yoki MYu futbolchisini sotib olmoqchi
"Napoli" Kevin de Bryuyne o‘rnini Meynu yoki Kasado bilan to‘ldirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, neapolliklar belgiyalik futbolchi jarohat olganidan so‘ng uning o‘rnini to‘ldirish uchun "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Meynuni sotib olishni maqsad qilgan edi. Biroq "qizil iblislar" yosh yulduzini sotishni istamayotganini ma’lum qilgan. Endilikda, "Napoli" eng muqobil variant sifatida " Barselona"ning 22 yoshli futbolchisi Mark Kasado transferini ko‘rib chiqmoqda. A Seriyaning amaldagi chempionlari ispaniyalik futbolchi uchun 30 million evrodan voz kechishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Kasado joriy mavsumda umumiy 12 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar