"Napoli" de Bryuynening o‘rnini manchesterlik futbolchi bilan to‘ldirmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu "Napoli"ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Italiya klubining angliyalik futbolchiga qiziqishi Kevin de Bryuynening jarohati fonida ortdi.
Belgiyalik futbolchi taxminan to‘rt oy maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, qishda Afrika Millatlar Kubogiga Andre-Frank Zambo-Angissa ketishi mumkin, shuning uchun yanvarda Antonio Kontega maydon markazini kuchaytirish kerak bo‘ladi. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, "Napoli" Maynuni mavsum oxirigacha ijaraga olishni istamoqda, aftidan, xarid opsiyasi ham kelishuvga kiritilmaydi.
20 yoshli xavbek Ruben Amorim jamoasida doimiy o‘yin amaliyoti yo‘qligidan norozi, shuning uchun avgust oyidayoq ijaraga olishni talab qilgan, ammo "qizil iblislar" rahbariyati bu so‘rovni ma’qullamagan edi.



Fikrlar