"Napoli" etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 29 sentabr, 2020, 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Napoli" hujumchisi Lorentso Insine jarohati sabab 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Lorencho A Seriyaning "Jenoa"ga (6:0) qarshi bahsida o‘ng oyoq son mushaklaridan jarohat olgan. Shifokorlar esa uning sog‘ayishi uchun 20 kun talab etilishini aytmoqda.

29 yoshli Insine o‘tgan mavsum A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!