"Napoli" hujumchisi koronavirusga chalindi

  • 01.01.2021 21:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenning koronavirusga topshirgan test natijalari musbat chiqqan. Bu haqda klub rasmiy sayta xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nigeriyalik futbolchida kasallik alomatlarsiz kechmoqda. Osimxen “Napoli”ning boshqa a’zolari bilan aloqada bo‘lmagan va shu sababli jamoada virus tarqalish ehtimollari yo‘q..

Jennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa 3 yanvar kuni A Seriya doirasida “Kalyari”ga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi.

Viktor Osimxen joriy mavsum “Napoli” safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!