"Napoli" hujumchisiga APL grandlari xaridor bo‘lmoqda

  • 04.04.2023 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, "Napoli"ga tegishli bo‘lgan meksikalik hujumchi Irving Losano yangi mavsumni Angliya Premer-ligasida boshlashi mumkin.

Manbaning yozishicha, 27 yoshli hujumchining xizmatlariga 3 ta klub qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning ikki grandi - “Chelsi” va “Arsenal”, shuningdek, “Nyukasl” klublari haqida ketmoqda. O‘z navbatida neapolliklar 50 million evro evaziga Losano bilan xayrlashishga tayyor. Bu mablag‘ni esa faqat “Chelsi” to‘lashga tayyor.

Irving Losano joriy mavsum Italiya A Seriyasida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining “Napoli” bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!