"Napoli" Manolasning tovon pulini to‘lashga tayyor

  • 16.06.2019 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" klubi "Roma" himoyachisi Kostas Manolasni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra neapolliklar 28 yoshli gretsiyalik futbolchi uchun uning 36 mln evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor. Uning o‘ziga esa yiliga 4 mln evro maosh va’da qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Manolas “Roma” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!