"Napoli" Milikni nega sotmoqchi?
"Napoli" klubi forvardi Arkadiush Milik mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli polshalik futbolchi neapolliklar bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lmayapti va shu sababli ham jamoa rahbariyati uni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Uning amaldagi kelishuvi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Miliy joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar