“Napoli” yulduzi yiqilganidan keyin hech narsani eslolmay qoldi

  • 26 fevral, 2021, 08:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen A Serining 23-turida “Atalanta”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda yiqilib, hushini yo‘qotdi va xotirasidan ayrilgani aniqlandi.

Tecno

Maydonga boshi bilan qattiq yiqilgan futbolchi zudlik bilan shifoxonaga etkazilgandi. Avvaliga, tibbiy ko‘rikda hech qanday muammo aniqlangani yo‘q. Keyinroq, Osimxen o‘yin davomida nima ro‘y berganini eslay olmadi.

U boshidan jarohat olgan va xotirasini yo‘qotgan. Tibbiy ko‘riklar salbiy natija bergani yo‘q. Lekin biz organizm o‘zini tiklashini kutishimiz kerak. Uning bosh chanog‘ida va bosh miyasida o‘zgarish yo‘q.  Biroq, bu xotirjamlikka berilishga asos bo‘lmaydi. Osimxen bir hafta dam olishi va nazoratda bo‘lishi kerak. U esa, maydonga qaytishga shoshilyapti, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, - dedi neyroxirurg Alfredo Buchiero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!