
“Napoli” o‘z futbolchisini “Barselona” va “Real“ga berishga rozi bo‘ldi
“Napoli” rahbariyati yarim himoyachi Fabian Ruis bilan xayrlashishga tayyor. Ispaniyalik bu futbolchi xizmatlariga “Barselona” va “Real” qiziqayotgan edi.
Neapolliklar Ruisning o‘rniga ikkita nomzod topdi. Ulardan biri “Kalyari”da o‘ynayotgan Naitan Nandes. 24 yoshli urugvaylik futbolchi o‘tgan yili “Boka Xuniors”dan 18 million evroga olib kelingan. U chempionatda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi, bitta gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi.
Ikkinchi nomzod Jordan Veretu aslida “Fiorentina”ga tegishli. Frantsiyalik xavbek ijara asosida “Roma”da to‘p surmoqda. Agar rimliklar uni 18 million evroga sotib olmasa, “Napoli” 27 yoshli futbolchi uchun xuddi shu summani berishga tayyor.
Fikrlar