
Dahshat! “Barselona” va “Real” o‘yinida rejalashtirilgan terakt oldi olindi
Barselonada navbatdagi “el-klasiko” vaqtida "Kamp Nou"da terrorchilik xurujini uyushtirishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Marokash fuqarosi 8 may kuni qo‘lga tushgan va huquq-tartibot organlariga “Barselona” va “Real” uchrashuvi vaqtida dron yordamida terorchilik aktini uyushtirishni rejalashtirayotganini tan olgan. Bu maqsadini amalga oshirishiga pandemiya tufayli La Liga bahslari to‘xtatilgani to‘sqinlik qilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu shaxs to‘rt yildan buyon terrorchilik guruhlaridan biri bilan yaqin aloqa qilib keladi. Shunga qaramay, harakatlari oshkor bo‘lib qolmasligi uchun so‘nggi paytlarda o‘zini tinch tutgan.
Fikrlar