"Napoli"ga "Verona" futbolchisi kerak
"Napoli" qishgi transfer oynasi yakunlangunicha "Bryugge" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni jamoaga olib kelish istagida. Ayni damda futbolchi "Verona" tarkibida ijara asosida to‘p surmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri jurnalisti Nikolo Shira o‘zinining tvitter sahifasida yozishicha, neapolliklar yarim himoyachi transferi uchun 15 million evro berishga tayyor. Shuningdek, futbolchiga yiliga 2,1 milllion evrolik shartnoma ham taklif qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli marokashlik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 18 ta o‘yinida maydonga tushgan.
Fikrlar