"Napoli"ning yozgi transferlardagi ilk xaridi kim bo‘lishi ma’lum

  • 30.05.2019 14:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Empoli” himoyachisi Jovanni Di Lorentso faoliyatini “Napoli”da davom ettiradi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 25 yoshli futbolchi bugun Rimdagi “Villa Styuart” klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Napol” ushbu transfer uchun 10 mln evro sarflashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Di Lorentso o‘tgan mavsum A Seriyada jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!