“Nasaf” – “Ahal” o‘yin oldi matbuot anjumani va boshqa tadbirlar qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi

  • 23 avgust, 2021, 19:23
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 25 avgust kuni "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi doirasida o‘z yurishini davom ettiradi. 24 avgust kuni esa uchrashuvga oid rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Klub matbuot xizmati bir kun avval o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Tecno

Quyida 24 avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan tadbirlarning boshlanish vaqtlari bilan tanishing:

24.08.2021

11:00. Ikkala jamoa vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting.

12:00. “Ahal” jamoasi bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokida matbuot anjumani.

12:30. “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi hamda futbolchi ishtirokida matbuot anjumani.

17:00. Uchrashuv komissari bilan birgalikda “Markaziy” o‘yingoh tayyorgaligini tekshirish.

18:30. “Nasaf” jamoasining bellashuv oldi so‘ngi mashg‘uloti.

20:00. “Ahal” jamoasining bellashuv oldi so‘ngi mashg‘uloti.

Eslatma: Har ikkala jamoa mashg‘ulotlari OAV uchun 15 daqiqa ochiq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!