"Nasaf" 1-zarbda tizzasigacha, 2-zarbda beligacha, 3-zarbda bo‘ynigacha ko‘mib qo‘ydi!"

  • 24.04.2022 15:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

OChL 5-turida "Nasaf" o‘z guruhidagi eng nomdor raqib "Al-Sadd"ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ancha oshirib oldi. Diyor Imomxo‘jaev "ajdarlar"ning g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi:

"Nasaf" yaralangan raqibni engishga iymandi va uning o‘rnidan turishini kutdi. Raqib o‘ziga kelganida esa birinchi zarbda tizzasigacha, ikkinchi zarbda beligacha va uchinchi zarbda bo‘ynigacha ko‘mib qo‘ydi. Berdiev jamoasining tarbiyasi shunaqa. 

Guruh peshqadami bo‘lish "Nasaf"ning qo‘lida emas (balki "Al-Sadd" yordam berib yuborishi ham mumkin). Shunday bo‘lsa-da, eng yaxshi 2-o‘rinlar qatorida navbatdagi bosqichga yo‘l olish uchun 100 foizlik imkoniyat saqlanib turibdi. Yana birgina qadam qoldi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!