"Nasaf" bu safar imkoniyatni boy berdi

  • 22 yanvar, 2024, 23:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” klubi bugun Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi beshinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar “Ajdarlar” Vengriyaning “Seged” jamoasi sparring-raqib vazifasini bajardi.

Tecno

“Nasaf” jamoasining boshlang‘ich tarkibi: Zafar Safoev, G‘olib G‘aybullaev, Igor Golban, Shaxzod Akramov, Murod Rahmatov, Marko Stanoevich, Jambuli Jigauri, Akmal Mozgovoy, Javohir Sidiqov, Islom Kenjaboev, Viktor Da Silva.

Zaxirada maydonga tushganlar: Timur Chogadze, Nodir Mukarov, Bekjon Jo‘raboev, Asliddin Tursunpo‘latov, Shuhrat Muhammadiev, Zafar Hakimov, Doniyor Narzullaev, Javohir Otamurotov, Adham Musulmonov.

nasaf o‘rtoqlik1

Bu gal “Nasaf” imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Vengriyaliklar gollarini oxirgi 10 daqiqada kiritishdi. Markvart David 81-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Zuigeber Akos 86-daqiqada hisobni 2:0 ga oshirdi. Birinchi bo‘limda esa “Nasaf” darvozaboni Zafar Safoev penaltini bartaraf etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Avazbekrm
22/01/2024 23:29
Марушич кани
Шоим Зарипов
23/01/2024 09:04
Хакикатдан хам Марушич кани нима сабаб у тугрисида умуман хеч кандай хабар йук