
"Nasaf" futbolchisi: Namanganda muxlislar bilan to‘la stadionda futbol o‘ynash qiziq bo‘ladi
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra “Nasaf” 1-turda Namanganda “Navbahor” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Jamoa etakchilaridan biri Akmal Mozgovoy klub matbuot xizmatiga qur’a natijasi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘ylashimcha, yangi mavsum oldingilariga qaraganda juda qiziq o‘tadi. Qur’a natijasiga ko‘ra 1-turda “Navbahor” jamoasi bilan bellashamiz. Namanganda muxlislar bilan to‘la stadionda futbol o‘ynash qiziqarli. Aslida bizga raqib kimligining farqi yo‘q. Oldingi mavsumlarda biz katta tajribaga ega bo‘ldik. Kim bilan to‘qnash kelishimizdan qat’iy nazar o‘z o‘yinimizni namoyish etamiz. Har bir bellashuvga faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. Chempionatni g‘alaba bilan boshlab, muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman, - dedi Akmal Mozgovoy.
Fikrlar