"Nasaf" legionerlari bilan xayrlashdi

  • 15 dekabr, 2022, 01:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki yig‘inini boshlagan “Nasaf” safida kutilganidek o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, qarshiliklar ikki nafar legioneri bilan xayrlashgan. Bular – rossiyalik Ivan Solovyov va serbiyalik Alen Mashovich.

mashovich

Solovyov “Nasaf” tarkibida Superliganing 20 ta uchrashuvida maydonga tushib 3 ta gol urgan bo‘lsa, yozda jamoa safiga qo‘shilgan Mashovich 5 ta bahsda qatnashib 1 bor gol muallifiga aylandi.

“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ushbu legionerlar klubni tark etganini Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Nasaf" bu transferni amalga oshirishi mumkin, Saitov "Paxtakor"ga o‘tishni juda xohladi, uning bu qarorini kutmagandik" - Ro‘ziqul Berdiev tarkibdagi o‘zgarishlar haqida

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!