"Nasaf" maydonida yirik hisobda yutqazgan Arveladze mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Coca Cola Superligasi 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Nasaf" o‘z uyida "Paxtakor"ni tor-mor keltirdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"G‘alaba bilan mezbonlarni tabriklayman. Hamisha "Nasaf" bilan o‘yinlar qiziq kechadi. Bu erda yaxshi maydon, ajoyib muhit bor. Biz bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Zarbalarni noaniq yo‘lladik.
Raqib safida barcha yaxshi harakat qildi, faqat darvozaga aniq zarba berishda muammolar bo‘ldi. Chempionlikka erishib bo‘lganimiz "Nasaf"ning harakatlariga soya solmaydi. Ular juda yaxshi o‘yndi. Oldinda bizni Kubok bahslari kutmoqda. O‘zimiz qatnashayotgan musobaqalarda g‘olib chiqishga intilamiz. O‘zbekiston Kubogida mavsum mobaynida o‘zimiz ko‘rsatgandek chiroyli va sifatli futbol namoyish qilishga urinamiz".



Fikrlar