
"Nasaf" Namanganda "Navbahor"ni yutishga qiynaladi yoxud super o‘yin oldidan prevyu
"Navbahor" joriy mavsumning ilk bahsini o‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur jamoalar shu kungacha milliy chempionatimiz tarixida o‘zaro 50 marta ro‘baro‘ kelgan. Ushbu o‘yinlarning 22 tasida “ajdarlar”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozongan, 15 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan. To‘plar nisbati – 79-66, “Nasaf” foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda “Nasaf” 81 ochkoni, “Navbahor” esa 54 ochkoni qo‘lga kiritgan. Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi Namangan va Qarshida qayd etilgan.
“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari bungacha Namanganda 25 marta kuch sinashgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 12ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 4ta o‘yinda esa qarshiliklar g‘alaba qozongan.
Namanganda o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “lochinlar” “Nasaf” darvozasini 43 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, “ajdarlar” “Navbahor” darvozasiga 25ta to‘p kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” uchrashuvi 3 mart kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohida soat 18:30 da boshlanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar