"Nasaf" OFK kubogida qaysi bosqichgacha etib borishi mumkinligi, Superliga o‘yinlariga muxlislarning kiritilishi so‘roq ostida qolayotgani borasida - Diyor Imomxo‘jaev

  • 7 iyul, 2021, 18:20
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida "Nasaf"ning OFK kubogidagi ishtiroki va qarshiliklar yarim finalga qadar etib borishiga ishonishi haqida yozdi.

- 29 iyun kungi postda "Nasaf" bilan bog‘liq holatni tushuntirgandim. Hayriyatki, Turkmanistonning "Ahal" klubi Qarshiga keladigan bo‘ldi. Bu ajoyib yangilik, bu bizning muxlislar uchun yaxshi sovg‘a. Qarshidagi sharoit butun Turkmanistonda ham yo‘q, har ikki jamoa mazza qilib futbol o‘ynaydi.

"Nasaf" Dushanbeda o‘tgan guruh bosqichida turkmanlarning eng yaxshi klubiga imkoniyat qoldirmay, "Oltin asr" darvozasiga javobsiz 2 ta gol urgandi. "Ahal" esa "Oltin asr"dan kuchsizroq, juda katta ustunlik biz tarafda.

25 avgust kuni Qarshidagi stadionga muxlislar kiritiladimi yoki yo‘q — shunisi aniq emas. Bizda karantin choralari kuchaytirilyapti, avgust oyidan boshlab Superliga va Pro liga uchrashuvlarida muxlislar bo‘lish yoki bo‘lmasligi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, OFK Toshkentdagi Chempionlar ligasi uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilganini ko‘ryapsiz. Biz 25 avgustga qadar vaziyat yaxshilanishidan umidvor bo‘lamiz.

"Nasaf"ning navbatdagi o‘yinlari:

9 iyul
Nasaf — Mash’al

30 iyul
Lokomotiv — Nasaf

6 avgust
Paxtakor — Nasaf

15 avgust
AGMK — Nasaf

19 avgust
Nasaf — Metallurg

25 avgust
Nasaf — Ahal

29 avgust
Nasaf — Navbahor

Avgust oyi "Nasaf" uchun qanchalik qiziq va naqadar mas’uliyatli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
inson
07/07/2021 22:29
Allohning izni bilan chempiyon bolamiz inshaAllah
Akbarali Abdunazarov
09/07/2021 23:03
Насаф 2 давра оралигида яхши трансферларни амалга оширишни режалаштириб турибди, камида 3 та яхши уйинчи келади худо хохласа!
Manzilsiz Yo’llar
09/07/2021 22:29
Nasaf olga
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/07/2021 23:28
ha bu. Poytaht 3 klubiga qarshi hammasiga safarga uynaykan dam olmay. bu ham. yahshi. Nasaf shula orqali uyin amaliyoti shakllanteradi. uzini asrap uynashi aniq. chunki. OFK bachala uynashi uchun ham. uzini avaylaydi.
&
Ашуров Бахтийор
07/07/2021 17:01
Илоҳим ҳаммаси яхши томонга ўзгарсин!