"Nasaf" o‘z tarixida nechangi bor finalga chiqqanini bilasizmi?

  • 13.10.2022 22:59
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida AGMKni mag‘lub etib, O‘zbekiston Kubogi finaliga yo‘l oldi.

"Ajdarlar" bungacha 7 bor ushbu vazifani uddalagan bo‘lib, shulardan ikkitasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 2015 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Berdiev shogirdlari hal qiluvchi bellashuvda "Bunyodkor"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Shuningdek, qarshiliklar o‘tgan yilgi finalda ham zafar quchgan. Samarqand mezbonlik qilgan to‘qnashuvda chempion "Paxtakor"ni yutgan "Nasaf" futbolchilari o‘z tarixida ikkinchi bor kubokni boshi uzra baland ko‘targan.

Eslatib o‘tamiz, bu safargi final 30 oktyabr kuni Buxoro shahrida o‘tkaziladi. Unda "ajdarlar"ga qarshi maydonga tushadigan ikkinchi klub nomi "Navbahor" - "So‘g‘diyona" bahsida aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/10/2022 23:05
fenalga ham hech qancha kun qolmaptiki. fenal. yonaykanda yaqinga unday bulsa. shu MTJ yigini ochigi nima kerak. chempionatni yana sovitadi.