"Nasaf" ustozi : "Bekobodliklarning o‘yin uslubiga tayyor edik"

  • 15.05.2023 21:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar murabbiyi Shuhrat Toshpo‘latov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Kurashlarga boy urashuv bo‘ldi. Gollar va qizir kartochkaga guvoh bo‘ldik. “Metallurg” o‘z maydonida doim tartibli harakat qiladi. Tezkor gol o‘tkazib yuborganimiz rejamizni buzib yubordi. Shunga qaramasdan, o‘tkazib yuborilgan goldan himoyada tartibli o‘ynadik va hujumdagi imkoniyatlardan unumli foydalandik. Yigitlar xarakter ko‘rsatishdi va irodali g‘alabaga erishdik.

Yangi murabbiy qo‘l ostida “Metallurg”ning o‘yin sxemasida o‘zgarish bo‘lmagan. Jamoa 3 nafar markaziy himoyachi bilan to‘p tepmoqda. Bekobodliklarning o‘yin uslubiga tayyor edik.

Birinchi bo‘limda ikkita qulay imkoniyatni golga aylantira olmadik. Ikkinchi taymda 10 kishi qolgan bo‘lsak ham jamoamiz jipslashgan holda kerakli natijaga erishdik”, – dedi Toshpo‘latov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нор Носиров
16/05/2023 04:25
/Молец Насаф гап йук шундай давом этсин Рузикул дстим рахмат мусурмончилик асата-аста