"Nasaf" yarim himoyachisi qachon safga qaytadi?
"Nasaf" klubi tayanch yarim himoyachisi Murod Rahmatov "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Rahmatov noyabr oyi boshlariga qadar maydonga tusha olmaydi. Futbolchi to‘pig‘idan jarohatlangan va hozirda davolanmoqda.
Qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ham matbuot anjumanida aynan maydon holati yomonligi o‘yin sifatiga ta’sir qilgani gapirgandi.
Ma’lumot uchun, Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvi "ajdarlar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
.jpg)



Fikrlar