
"Nasaf"dan keyin ikki klubimiz ham OChL masalasini hal etdi
Superliganing 24-tur o‘yinlari davom etmoqda.
Hozirga kelib, kelasi mavsum halqaro maydonda ishtirok etadigan 3 klubimiz aniq bo‘lib ulgurdi. O‘zbekiston kubogi g‘olibiga aylangan "Nasaf" ishtirokni to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydi.
"Navbahor" va "Paxtakor" ham OChL masalasini hal qildi, biroq qaysinisi pley-offda ishtirok etishi keyingi turlarda aniq bo‘ladi.
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK navbatdagi ikki turda bir ochko olsa, OChL pley-off masalasini hal qiladi.
Fikrlar