"Nasaf"ga qarshi final oldidan Samvel Babayan "Navbahor" muxlislariga murojaat qildi

  • 15 oktabr, 2022, 00:07
  • Javokhir Azimov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Navbahor" - "So‘g‘diyona" uchrashuvida mezbonlar penaltilar seriyasida zafar quchdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "lochinlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Barchaga hayrli kech! Muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan muborakbod etaman. Bu - tarixiy voqea bo‘ldi. Biz oradan 24 yil o‘tib, yana finaldamiz. Biz mavsum boshida rejalashtirganimizdek o‘zbek futboliga "Navbahor" brendini asta-sekinlik bilan qaytarmoqdamiz. Bu yo‘lda ancha narsani uddalab qo‘yganimizga qaramay, yana ozgina ish qoldi: chempionatdagi 5 ta o‘yin va kubok finali! Buxoro - mamlakatimizda o‘z o‘rniga ega chiroyli shahar. Shogirdlarim bilan tarixga kirmoqchimiz.

O‘zbekiston Kubogining 30-finali bizni kutib turibdi. Unda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimiz kutgan natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Bugungi bahs va ligadagi oxirgi ikki bellashuv davomida yaratgan golli vaziyatlarimiz hisoblansa, aniq bilaman, bitta davra uchun etarli bo‘ladi. Afsuski, o‘z imkoniyatlarimizni golga aylantirishda oqsamoqdamiz. O‘z navbatida, raqibning tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay yaxshi qarshilik ko‘rsatganini ham ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Ular ham g‘alaba uchun borini berdi. O‘tgan yili ular Superligada bronza medalini qo‘lga kiritgandi, bu mavsum OFK kubogida yarim finalgacha etib bordi. Shu sababli ham "So‘g‘diyona"ning jiddiy raqib ekanligini e’tirof etgan bo‘lardim". 

- Bugungi uchrashuv nihoyatda asabiy ruhda kechdi. O‘yin oldidan penaltilar seriyasini kutganmidingiz? Jamoani futbol lotereyasiga tayyorlaganmidingiz?

"E’tibor bergan bo‘lsangiz, ilk daqiqalardan hujumkor futbol namoyish etib, tempni yuqori nuqtada ushlab turdik. Bu ham bizning qo‘shimcha bo‘limlar uchun o‘ynamaganimizni anglatadi. Shuningdek, jizzaxliklar ham himoyaviy futbol ko‘rsatdi. Futbolda hamma narsa bo‘ladi, buni bilgan holda, seriyaga tayyor edik.

Murabbiylik faoliyatim mobaynida juda ko‘p bor futbol lotereyasiga duch kelganman va bundan vaziyatlardan nima qilishni bilaman. Ammo biz raqibning 90 daqiqaning o‘zida mag‘lub etmoqchi edik". 

- Bugungi uchrashuv muxlislarimizga 5 ta bahsga tatiydigan hayajonni taqdim etdi. Yakundagi g‘alaba barchasini unuttirib yubordi. Shunga qaramay, jamoaning yoshi katta ishqibozlari uchun qandaydir kompensatsiya bo‘ladimi?!

"Bu klub rahbariyati hal qiladigan masala hisoblanadi. Men "Navbahor" muxlislaridan bugungi atmosferani Buxorodagi final to‘qnashuvida ham namoyish etib berishlarini so‘ragan bo‘lardim. Aslida, biz doim namanganliklarning qo‘llab-quvvatlashini his qilamiz". 

- Finaldagi raqib "Nasaf" haqida fikringiz qanday?

"Ajdarlar" eng yaxshi o‘yin namoyish etadigan jamoalardan biri. 3-4 yildan beri birga o‘ynayotgan futbolchilar ancha hamjihatlikda harakat qiladi. Ular Osiyo Chempionlar ligasi pley-offiga yo‘l olgan va ayni paytdagi Superliga peshqadami sanaladi. Finalda ularga maksimal qarshilik ko‘rsatamiz!"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
15/10/2022 02:53
Насаф финалда ҳакамларнинг кўтлигига тайёр тур - Навбаҳор финалга ҳақли эмас эди, чорак финалдан ҳам, ярим финалдан ҳам ҳакамларнинг ёрдами билан ўтди
&
Murodjon7171
15/10/2022 00:16
Ikkita zo'r jamoa finalga chiqdi.
Ajoyib tarixiy final bo'ladi inshaaloh
&
Mirjalol official playon6062@gmail.com
15/10/2022 06:30
Табриклайман навбахорнинг финалга чикгани б-н иккала финалчининг имкониятлари бир хил супирлегада хам бир хил лекин хохиш иштиёк Насаф тарбияланивчиларида купрок
&
Мажидов Шахзод
15/10/2022 00:47
Бухоро воҳаси ҳамда халқи Насафга муҳлислик қилса керак олға воҳаликлар
15/10/2022 10:46
Biz Buxoro xalqiga murojat qilamiz, Kubok Nasafniki, Vohanikiham