"Nasaf"ni tark etgan "jahongashta" legioner o‘ziga jamoa topdi

  • 12 yanvar, 2022, 22:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili yozgi transfer oynasi ochilgan paytda “Nasaf”ga taklif qilingan serbiyalik hujumchi Andriya Kaluderovich  mavsum oxirida shartnomasi tugagani sababli klubni tark etgandi.

Tecno

U Superligada 14 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Kubok doirasida esa 3 ta o‘yin va 3 ta gol. Qolaversa, OFK Kubogida ham Kaluderovichning muhim gollarini eslaymiz.

Bu yil 35 yoshni qarshilaydigan legioner qaerda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. “Nasaf”dan ketganidan keyin Sports.uz saytiga keyingi faoliyatini Serbiyada davom ettirmoqchiligini aytgandi. Uning bu gapi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Futbolchi mahalliy “Proleter” klubi bilan shartoma tuzdi. Bu haqda Andriya o‘zining feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi. Ammo bu Kaluderovich uchun yangi emas, balki eski jamoa. Negaki, “Nasaf”ga kelishdan avval ushbu klubda to‘p surgan. Shu tariqa, “jahongashta” legioner yana bir bor jamoasini o‘zgartirdi.

andriya1_2

U shu paytgacha qaysi klublar sharafini himoya qilganini bilasizmi? OFK (Serbiya), “Negosh” (Chernogoriya), “Machva” (Chernogoriya), “Xayduk” (Xorvatiya), “Spartak” (Serbiya), “Radnichki” (Serbiya), “Rad” (Serbiya), “Tsrvena Zvezda” (Serbiya), “Beyjing Goan” (Xitoy), “Rasing” (Ispaniya), “Voyvodina” (Serbiya), “AEL” (Kipr), “Tun” (Shveytsariya), “Brisben Roar” (Avstraliya), “Al-Shaxaniya” (Qatar), “Jalgiris” (Litva), “Port” (Tailand), “Vellington Feniks” (Avstraliya), “Olimpiya” (Sloveniya), “Deli Daynamos” (Hindiston), “Inter” (Xorvatiya), RFSh (Latviya), “Proleter” (Serbiya), “Nasaf” (O‘zbekiston).

Futbolchi orada bir klub safiga 2-3 marotaba kelib-ketgan paytlari ham bo‘lgan. Ko‘rib turganingizdek, serbiyalik hujumchi jamoa almashtirishdan sira charchamaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!