“Nasaf”ning yillik byudjeti qancha? Ular bu borada Superligada nechanchi o‘rinda turadi?

  • 7 oktabr, 2022, 21:02
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Blogbaster" "Youtube" kanali a’zolari Qarshida bo‘lib, futbolchi Ivan Solovev bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat chog‘ida jurnalist “Nasaf” bosh direktori Alisher Yusupovni ham savolga tutdi.

—“Nasaf”ning moliyaviy holati haqida gapirib bersangiz. Klubning byudjeti qancha?

—Bosh homiyimiz “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasi hisoblanadi. Yil boshida biz smetani tasdiqlaymiz. Byudjetimiz yiliga taxminan 25 milliard so‘mni tashkil qiladi.

—Klubingiz Superligada byudjet borasida nechanchi o‘rinda?

—“Nasaf” O‘zbekiston chempionatida byudjet borasida kuchli to‘rtlikdan joy olgan.

alish

—Yuqoridagi o‘rinlarni qaysi jamoalar band etgan?

—Poytaxning “Paxtakor” klubi O‘zbekiston chempionatidagi eng badavlat jamoa hisoblanadi. Menimcha, ularning byudjeti biznikidan kattaroq. Ammo aniq miqdori qancha ekanligini bilmayman. Qolaversa, AGMK, “Metallurg” va “Navbahor” kabi jamoalar ham “Nasaf”dan yuqoriroq o‘rinlarda turadi.

—Klubingizdagi futbolchilarning o‘rtacha maoshi qancha?

—Klubimizda unchalik katta maosh berilmaydi. O‘rtacha ming dollardan 6 ming dollargacha ish haqi berilishi mumkin.

—Legionerlar ko‘proq oladimi?

—Bu tabiiy holat. Sababi, legionerlar mahalliy futbolchilardan bir bosh baland bo‘lishi kerak.

—G‘alaba uchun futbolchilar qancha mukofot puli oladi? 1000 dollardan – 5000 dollargacha?

—Taxminan 1000 dollar atrofida mukofot puli berilishi mumkin.

—Jamoa chempionatda g‘oliblik uchun qancha oladi?

—Birinchi o‘rin uchun taxminan 100 ming dollar pul berilishi mumkin.

—Ushbu summadan qanchasi futbolchilarga beriladi?

—Aytish qiyin. Bu ko‘proq futbolchilarning soniga bog‘liq. Misol uchun, avval tarkibimizda 35 nafar futbolchi  bor edi. Hozir esa 37 nafar. Tabiiyki, bu miqdorga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
O‘tkirxoja Axmedov
08/10/2022 14:45
Админлар агар иложиси буса Навбахорниям йиллик буджетини чикаринглар илтимос
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
08/10/2022 12:54
uzi bu yildan. Nasafni ancha uyinchilari ketsa kerak. shu yil Uzbekiston Chempioni. kubik egasi. OCHL ham yahshi natija kursatib. kupgena uyinchila chetka chiqsa kerak. Akmal Mazgavoy. Husniddin Aliqulov. Husayin Norchaev. Sherzod Nasrulloev. bu tayor chetka chiqishka