
"Navbahor" – "Olimpik" o‘yinini qaerda ko‘rish mumkin?
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi 3-tur o‘yinlari yakuniga etadi.
Xabaringiz bor, SPORTS.uz sayti kubok guruh bosqichi o‘yinlarini "Youtube" kanalida jonli efirga uzatmoqda.
Saytimiz ijodkorlari bilan bugun "Navbahor" – "Olimpik" uchrashuvini siz azizlarga namoyish qilamiz. Bahsni Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev sharhlab boradi.
Bu uchrashuv guruhdan kim birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishini aniqlab beradi. Ayni damda ikki jamoada ham 6 ochko mavjud.
Fikrlar