
"Navbahor" - "Nasaf" o‘yiniga aslida qancha muxlis tashrif buyurgan?
Superliga 3-turida "Navbahor" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi. Markaziy bellashuvga qiziqish juda yuqori edi va shu bois ko‘plab tomoshabinlar stadionga tashrif buyurdi.
Saytimiz oraqali muxlislar statistikasini taqdim etganimizda ishqibozlar Namangandagi bellashuv raqamlari noto‘g‘ri ketganini ma’lum qilishdi. Chunki o‘yin kuni stadion suhandoni uchrashuvni bevosita arenadan 17752 tomoshabin kuzatib borayotganini e’lon qilgandi.
PFL rasmiy sayti va "Navbahor" klubi matbuot xizmati uchrashuvga 19358 tomoshabin kelganini o‘yin protokolida qayd etishdi.
“Navbahor” yana “peshqadam”. Muborakliklar Superligani sog‘inmagan ko‘rinadi
PFL rasmiy saytidagi ma’lumot
"Navbahor" klubi rasmiy telegram sahifasidagi ma’lumot
Fikrlar