
"Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvda
Chiptalar bugundan sotuvga chiqdi!
O‘zbekiston Superligasi 22-tur qoldirilgan “Navbahor” – “Nasaf” o‘yini uchun chiqarilgan chiptalar bugun soat 9:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionidagi barcha kassalarda sotilmoqda. Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30.000 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Nasaf” o‘yini 30 oktyabr kuni soat 18:15 da start oladi.
Fikrlar