
"Navbahor" - "So‘g‘diyona" o‘yini uchun chiptalar ertadan sotuvga chiqadi, uning narxi...
Superliganing 5-turida “Navbahor” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qilishidan xabaringiz bo‘lsa kerak.
“Navbahor” matbuot xizmatining xabariga qaraganda, “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yin uchun chiptalar ertadan sotuvga chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, chiptalarni Namangan shahar, “Chorsu” dahasidagi yakka qabr oldi, “Sardoba” dahasidagi “Megapolis” savdo majmuasi, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh hamda “Kamolot” bog‘i kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.
Darvoqe, o‘tgan safargidek, bu safar ham chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30 000 so‘m etib belgilangan.
Fikrlar