"Navbahor" bosh murabbiyini APLdagi eng yaxshi rossiyalik deb topishdi

  • 15 aprel, 2020, 12:02
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"beIN Sports" Angliya Premer-ligasida to‘p surgan eng yaxshi rossiyalik futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rindan hozirda Namanganning "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Andrey Kanchelskis o‘rin oldi.

Bu borada top-5 quyidagicha ko‘rinish oldi:

5) Yuriy Jirkov ("Chelsi", 2009-2011);

4) Roman Pavlyuchenko ("Tottenxem", 2008-2012);

3) Aleksey Smertin ("Portsmut", "Chelsi", "Charlton", "Fulxem", 2003-08);

2) Andrey Arshavin ("Arsenal", 2008-13);

1) Andrey Kanchelskis ("Manchester Yunayted", "Everton", "Sautgempton", 1992-97).

Ma’lumot uchun, Kanchelskis "tumanli albion"da "Manchester Yunayted", "Everton" va "Sautgempton" safida to‘p surgan. "Qizil iblislar" tarkibida esa jami 7 ta sovrin qo‘lga kiritishga erishgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Rahmatillaev
15/04/2020 12:09
Мураббийлик фаолиятига хам омад тилайман,мураббийликда хам биринчи бўлиш насиб қилсин инша аллох.