"Navbahor" Braziliya klubini dog‘da qoldirdi

  • 4 fevral, 2024, 13:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan "Navbahor" bugun navbatdagi nazorat bahsini Braziliyaning “Mauense” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur o‘yinda “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: Ozodbek Ma’rupov, Filip Ivanovich, Dostonbek Abdulhaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Alijon Alijonov, Azimjon Ahmedov, Abrorbek Ismoilov, Ozodbek O‘ktamov, Navro‘zbek Iminjonov, Giorgi Nikabadze, Shodiyor Shodiboev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Toma Tabatadze, Siyavash Haqnazari, Ruslanbek Jiyanov, Asadbek Sobirjonov, Yovan Jokich.

Ushbu bellashuvda “lochinlar” 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Gollarga Siyavash Haqnazari va Ruslanbek Jiyanovlar mualliflik qilishdi.

Ta’kidlash joizki, jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketgandi. Gollar esa 2-bo‘limda, zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar tomonidan urildi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!