“Navbahor” ertaga qaysi jamoa bilan o‘ynaydi?

  • 12 fevral, 2021, 21:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning Belek shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Navbahor” ertaga – 13 fevral kuni Latviyaning “Valmiera” klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Ma’lumot uchun: “Valmiera” Latviya Oliy ligasi ishtirokchisi hisoblanadi. 2020 yilgi chempionat yakunlariga ko‘ra, mazkur jamoa 3-o‘rinni egallagan. Latviya kubogining o‘tgan mavsumida yarim finalga qadar etib borgan. Jamoa tarkibida Latviya milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilar bor.

“Navbahor” 16 fevral kuni yana bir nazorat-sinov o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Shu kuni "lochinlar"ga Ekaterinburgning “Ural” jamoasi raqiblik qiladi.

Ushbu o‘rtoqlik o‘yinlari orqali “Navbahor” murabbiylari ixtiyorlarida bo‘lib turgan barcha futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishni maqsad qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!