
"Navbahor" futbolchisi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 5 iyul kuni Namanganda o‘tkazilgan O‘zbekiston Coca Cola Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (1:0) o‘yinida namanganliklarning 25 yoshli himoyachisi Ibrohim Yo‘ldoshev tizzasidan jarohat olgandi.
Yo‘ldoshev kecha Turkiyaning Istanbul shahrida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.
Biz Ibrohim Yo‘ldoshev bilan bog‘langanimizda, jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tganligi, sog‘ligi joyida ekanligini ta’kidlab, “Navbahor” klubi rahbariyati hamda xodimlari, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilari, shuningdek, muxlislarga o‘zining alangali salomini etkazdi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar