
"Navbahor" futbolchisi: "Klubda qolishim xususida 100 foiz javob bera olmayman"
“Navbahor” tarkibida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi to‘g‘risida ilgari ham ma’lumot bergandik. Xabaringiz bor, shu paytgacha klub bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashdi. Yana jamoani tark etadigan futbolchilar nomini ham eshitishimiz mumkin.
Namanganliklarning 27 yoshli yarim himoyachisi Sardor Telyakov yakuniga etgan mavsumda “Navbahor” safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 2 marta gol urdi. Telyakov Sports.uz saytiga keyingi rejalari borasida munosabat bildirdi.
- Ketgan o‘yinchilar haqida rahbariyat va murabbiylar hal qilishadi. Lekin klubni tark etgan futbolchilar yaxshi darajadagi ijrochilar edi.
Rejalarim haqida to‘xtalsam, variantlar chiqib turibdi. Lekin bu haqida bir nima deya olmayman. Chunki jamoam bilan yana bir yillik shartnomam bor.
“Navbahor”da qolishim xususida 100 foiz javob bera olmayman. Nega deganda, hali o‘ylab olishga vaqt bor, - deydi Telyakov.
Fikrlar