“Navbahor” ko‘rigida birorta ham legioner qolmadi

  • 13.02.2020 22:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni paytda Namanganning “Navbahor” klubi o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Belek shahrida olib bormoqda. Mazkur yig‘inda bir qator yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tishayotgandi. Ular orasida xorijlik futbolchilar ham bor edi.

Jumladan, “Navbahor”ning Turkiyadagi yig‘inida serbiyalik hujumchi Nemanya Ivanovich, armanistonlik yarim himoyachi Vaagn Ayvazyan, rossiyalik hujumchi Maksim Votinov, moldovalik yarim himoyachi George Andronik, turkmanistonlik Didar Durdiev va gruziyalik himoyachi Tornike Jimsheleishvili ko‘rikdan o‘tishdi.

Mazkur legionerlar “lochinlar”ning nazorat-sinov bahslarida maydonga tushishdi.  Ularning harakatlari hamda o‘yinlari “Navbahor”ning Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabini qoniqtirmadi, chog‘i, ularning barchasiga javob berib yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” tarkibidan ayni paytda 4 nafar xorijlik futbolchi o‘rin olgan va jamoa yana bir nafar legioner olish imkoniyatiga ega.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!