"Navbahor" kubokda muddatidan oldin guruhdan chiqish masalasini hal qildi (turnir jadvali)

  • 12 aprel, 2022, 20:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" klubi bugun O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan bahsda "Dinamo"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu orqali Samvel Babayan shogirdlari ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi.  

Tecno

Shu tariqa, "lochinlar" muddatidan oldin pley-off masalasini hal qildi. Ikkinchi o‘rindagi "Neftchi" bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda, 3 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

2-turdan o‘rin olgan "Neftchi" - "Qizilqum" o‘yinida qanday natija qayd etilishidan qat’iy nazar, namanganliklar ko‘pi bilan ikkinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin. 3-turda "Neftchi"ga mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham bu "Navbahor"ni 3-o‘ringa tushishiga sabab bo‘la olmaydi.

Marhamat, quyida guruhdagi holat bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

jadval

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!