“Navbahor” mezbonlik qilsa, etakchiga aylanadi. Ayniqsa, raqib "Paxtakor" bo‘lsa

  • 11 aprel, 2021, 13:26
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

7-10 aprel kunlari Superligada 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar bilan saytimiz orqali ma’lum qilib bordik.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasini tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 36177 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 6030ni tashkil qiladi (Bu tur AGMKning "Turon"ga qarshi o‘yini o‘tkazilmadi. Chunki olmaliqliklar OChL saralashida ishtirok etishdi).

Eng ko‘p muxlis Namangandagi “Markaziy” arenada qayd etildi. Uchrashuvni 15992 odam shohidiga aylandi. “Lochinlar” mezbonlik qilsa, muxlislar tashrifi borasida etakchiga aylanishi aniq. Boz ustiga raqib "Paxtakor" bo‘lsa.

"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinida penalti bormidi? - Xayrulla Hamidovdan javob

"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinidan keyin 7 kishi javobgarlikka tortildi - Bayonot

IMG_1593

AGMKning qoldirilgan o‘yini qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi, bitta uchrashuvining sanasi esa o‘zgardi

Eng kam ishqiboz Termizda. “Surxon” – “Lokomotiv” qarama-qarshiligiga 1254 tomoshabin tashrif buyurdi. Ammo avvalgi turlarga qaraganda o‘sish kuzatildi. Chunki eng kam ishqibozlar statistikasi 500 atrofida edi.

Yana bir markaziy bellashuv ham ko‘pchilikni qiziqtirdi. “Bunyodkor” - "So‘g‘diyona" bahsini bevosita stadiondan 5100 muxlis tomosha qildi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"Navbahor" - "Paxtakor" 1:2. 15992 tomoshabin

"Metallurg" - "Andijon" 2:0. 6340 tomoshabin

"Qizilqum" - "Nasaf" 1:2. 6165 tomoshabin

"Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" 2:2. 5100 tomoshabin

"Mash’al" - "Qo‘qon-1912" 0:2. 1326 tomoshabin

"Surxon" - "Lokomotiv" 0:1. 1254 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
12/04/2021 23:29
Куза кундамас кунида синади, Навбахор мухлисларини ха деб айблайверманглар, Кани Сардор Рашидов мард булса интервью берсин, Навбахор химоячиси хам интервью берсин. Сардор оеги сирпаниб кетди узи!
Dilmurod Rustamov
11/04/2021 19:39
Essiz Uzbek futbolli navbahor boʻlmasa nima kulardi SOXTAKOR yana 20 yil Chempion bulsa ham shuncha muxlis kirmaydi chunki ASL PAHTAKOR MUHLISLARI Biladi panday Futbol boʻlayotga nini shuning Uchun stadionga kelishmaydi
Dilmurod Rustamov
11/04/2021 19:39
Essiz Uzbek futbolli navbahor boʻlmasa nima kulardi SOXTAKOR yana 20 yil Chempion bulsa ham shuncha muxlis kirmaydi chunki ASL PAHTAKOR MUHLISLARI Biladi panday Futbol boʻlayotga nini shuning Uchun stadionga kelishmaydi
Dilmurod Rustamov
11/04/2021 19:39
Essiz Uzbek futbolli navbahor boʻlmasa nima kulardi SOXTAKOR yana 20 yil Chempion bulsa ham shuncha muxlis kirmaydi chunki ASL PAHTAKOR MUHLISLARI Biladi panday Futbol boʻlayotga nini shuning Uchun stadionga kelishmaydi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/04/2021 13:58
Surhon. nimaga bunday kam muhlis kergan. qushnilarimiz uzi fudbolni sogingan deb uylovdim. Surhondaryoga. Fudboldan kura. Kurash bulsa bundan kup muhlis keladi. javob.