"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinidan keyin 7 kishi javobgarlikka tortildi - Bayonot

  • 8 aprel, 2021, 21:11
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so‘ng sodir bo‘lgan tartibsizliklar yuzasidan Namangan viloyati IIB o‘z rasmiy sayti orqali bayonot bergandi. Unda tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olingani va Davlatobod tuman IIBga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritildi hamda tushuntirish ishlari olib borilgani xabar berilgandi.

Keyinroq ushbu ma’lumot to‘ldirildi va quyidagilar qo‘shimcha qilindi: 

- Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "v", "g" bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirga qadar 6 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 1 nafar fuqaro esa 183- va 194-moddalari bo‘yicha javobgarlikka tortildi.

"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinida penalti bormidi? - Xayrulla Hamidovdan javob

IMG_1593

Xizmat mobaynida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralar shaxsiy tarkibi orasida hech qanday tan jarohat olish holatlariga yo‘l qo‘yilmadi.

Mutasaddi idoralar xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, vaziyat o‘rganilmoqda, - deyildi Namangan viloyati IIB bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Oybekjon Rustamov
08/04/2021 22:46
ПФЛга мурожат, нега футболни европа савиясида утишига йул куймайсизлар,ахир 30 минг ишкибози бор жамоани кулламаслик адолатсизлик эмасми,Пахтакорингизни 30та мухлиси борми узи эссиз маблаг сизларга ажратилаётган Узбек футболи сизлар билан улади.
&
09/04/2021 12:17
Paxtakor davlatdan pul omidi, paxtakor husisiy klub agar chunsez,husisiy kulib digani davlatdan pul omi ish qiladi. U gapizi 30 mingli muhlisi bolibam uyida chichib qoyvotkan kamandalaga etsez yarashuradi
superfedya78 mahmaraimov
09/04/2021 13:45
мен пахтакорни мухлиси гапингиз борми? Пахтакор сиздан пул олибдими? Бу гапингизни Навбаҳорга ажратилаётган маблағларни туя қилаётган бир гала далб... ларга айтинг. Ит хуради, карвон ўтади. Нормальни клуб хатоларини устидан ишлайди, ҳар бир ўйиндан кейин унақа бўлди, мунақа бўлди, арпа уни евдим..... йигиштир карам шўрвангни...
Sport va Musiqa
11/04/2021 13:43
Yevropada yutgan komanda bilan hakamlarni kaltaklamaydi. Muxlislarning tortishuvi butun dunyoda bor narsa lekin.