“Navbahor” murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berdi

  • 29 yanvar, 2020, 14:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Belek shahrida olib borayotgan “Navbahor” murabbiylar shtabi yana kengayadigan bo‘ldi, ya’ni bungacha jamoada selektsioner – murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Otabek G‘ulomxo‘jaev, shuningdek, Doniyor Usmonov bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga yordam beradigan bo‘lishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

E’tiborlisi, ushbu murabbiylar oldin O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasida birga faoliyat olib borishgan va endi hamkorlikni “Navbahor”da ham davom ettiradigan bo‘lishdi. 

Yana shuni ham ta’kidlash joizki, Doniyor Usmonov sobiq futbolchi hamda 2010 yilgi mavsumda namanganliklar safida to‘p surgan.

G‘ulomxo‘jaev va Usmonov, shuningdek, kecha namanganliklar bilan shartnoma imzolagan yarim himoyachi Javlon Ibrohimov, bundan tashqari, viza muammosi sababli, jamoa bilan birga Turkiyaga keta olmagan himoyachi Tohir Shamsitdinov hamda yarim himoyachi Islom Rashidxonov bugun ertalab  soat 9:00da Toshkent – Istanbul – Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda Turkiyaga jo‘nab ketishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bugun shuningdek, rossiyalik mutaxassis Aleksandr Sergeevich Shepovalov ham “Navbahor” murabbiylar shtabiga qo‘shiladi. Mazkur murabbiy oldin Andrey Kanchelskis bilan birga Rossiyaning “Solyaris” va “Ufa” jamoalarida ishlagan. Shuningdek, ko‘p yillar davomida 2016 yili vafot etgan sobiq futbolchi hamda murabbiy Sergey Viktorovich Shustikov bilan faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, "Navbahor"ning murabbiylar shtabida shuningdek, Mustafo Bayramov, A’zam Rajabbaev hamda darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham faoliyat olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
29/01/2020 15:07
Купайиб кетибтику мурабийлар