
"Navbahor" qaerda tayyorgarlik ko‘rmoqda? Jamoadan ketadi, degan mish-mishlarga uchragan futbolchi mashg‘ulotlarga qo‘shildi
"Navbahor" jamoasi a’zolari yangi mavsumga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlarni No‘’mon Hasanov boshchiligidagi murabbiylar shtabi kuniga ikki mahaldan Namangandagi “Yosh kuch” stadionida olib borilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlash joizki, “Navbahor”ning bugungi mashg‘ulotlarida tajribali himoyachi Igor Golban, jamoa sardori, tajribali yarim himoyachi Azim Ahmedov va tojikistonlik yarim himoyachi Ehsoni Panshanbe ham ishtirok etdi. Mazkur futbolchilar “lochinlar”ning avvalgi mashg‘ulotlarida ayrim sabablarga ko‘ra, qatnashmagandi. Avvalroq, Azim Ahmedov jamoadan ketishi mumkinligi borasida ma’lumotlar tarqalgandi.
“Navbahor” o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan hamda bu haqda keyinroq xabar beriladi.
Fikrlar