"Navbahor" Qirg‘izistonning amaldagi chempioniga qarshi o‘ynadi
Namanganda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Navbahor” Qirg‘izistonning amaldagi chempioni “Abdish-Ata” klubini qabul qildi.
Bellashuvning 42-daqiqasida Asadbek Sobirjonov tomonidan kiritilgan gol uchrashuvda yagonaligicha qoldi va “Navbahor” 1:0 hisobida raqibidan ustun keldi.
“Abdish-Ata” klubiin hamyurtimiz Islom Ahmedov boshqarib borayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Ayni paytda uning jamoasi OFK Kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
“Navbahor” – “Abdish-Ata” – 1:0 (1:0)
Namangan. “Markaziy” stadioni. 310 tomoshabin.
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayratjon Jo‘raev.
Nazoratchi: Fayzullo Hasanov.
“Navbahor”: Aleksandr Lobanov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Azimjon Ahmedov, Siyavash Haqnazari, Asadbek Sobirjonov, Sherzod Abdulboriev, Toma Tabatadze, Yovan Jokich, Dostonbek Abdulxaev, Shodiyor Shodiboev, Abrorbek Ismoilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Alijon Alijonov, Giorgi Nikabadze, Navro‘zbek Iminjonov.
“Abdish-Ata”: Kutman Kadirbekov, Argen Jumataev, Azim Azarov, Farxat Musabekov, Nurlan Sarikbaev, Kayrat Jirgalbek uulu, Islam Mejitov, Askarbek Saliev, Mirbek Axmataliev, Ayzar Axmatov, Bekjan Saginbaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Suxrobbek Berdiev, Xasan Mukbilov, Biymirza Jenishbekov, Erbol Abdujaparov.
Gol: Asadbek Sobirjonov, 42 – 1:0.
Ogohlantirishlar: Sh.Shodiboev, A.Ismoilov – M.Axmataliev, F.Musabekov.



Fikrlar