
"Navbahor" sobiq murabbiyi Rossiya chempionati haqida: "Oxirida baribir "Zenit" chempion bo‘ladi"
Andrey Kanchelskis "Krasnodar"ning Rossiya chempionatidagi peshqadamligi hususida gapirdi:
"Musaev yakunda "Krasnodar"ni chempion qila oladimi yoki yo‘qmi, aniq ayta olmayman. Lekin bir narsa aniqki, "Zenit" mavsum yakunida birinchi o‘rinni egallashini bilaman.
"Krasnodar"ning o‘yini hayratlanarlimi? Qanday boshlaganingiz emas, qanday yakunlaganingiz muhim. Ishonamanki, "Zenit" hali ham chempion bo‘la olishga qodir", - dedi "Navbahor"ning sobiq murabbiyi.
Fikrlar