"Navbahor": Tayyorgarlik qizg‘in kechmoqda

  • 20 iyun, 2022, 10:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Navbahor" Superliga 12-turidan o‘rin olgan bahsda o‘z maydonida “Metallurg”ini qabul qiladi. “Lochinlar” mazkur o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Ikki kunlik hordiqdan so‘ng, jamoa a’zolari mashg‘ulotlarni 16 iyundan davom ettirishdi. Osiyo kubogi – 2023 saralash bahslarida O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari tarkiblariga jalb etilib, jamoalarning musobaqa yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissalarini qo‘shgan futbolchilar - darvozabon O‘tkir Yusupov, himoyachi Rustamjon Ashurmatov hamda yarim himoyachi Ehsoni Panshanbe klub ixtiyoriga etib keldi va mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Navbahor”ning kechagi mashg‘uloti ham Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida “Markaziy” o‘yingoh zaxira maydonida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Metallurg” bahsi 21 iyun kuni Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida soat 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!