"Navbahor" Turkiya yig‘inini yakunladi

  • 21 yanvar, 2022, 06:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borgan “Navbahor” jamoasi a’zolari xorijdagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, yurtimizga qaytib kelishdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, “lochinlar” Antaliyada 6-20 yanvar kunlari yig‘in o‘tkazib, uning doirasida 2 ta nazorat-sinov uchrashuvi o‘tkazishdi.

navbaxor3_1

Ilk o‘rtoqlik bahsini Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” klubiga qarshi o‘tkazgan Samvel Babayan shogirdlari o‘sha o‘yinda nursiz durangga (0:0) imzo chekishgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda vakillarimizga o‘tgan mavsumda Polsha chempionatida vitse-chempion bo‘lgan, shuningdek, Polsha Kubogini qo‘lga kiritgan, ayni paytda esa Polsha milliy chempionatida  3-o‘rinda borayotgan “Rakuv” jamoasi raqib bo‘ldi hamda o‘sha uchrashuvda “lochinlar” imkoniyatni boy berishdi (0:3).

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!