"Navbahor" va "Lokomotiv"ning kutilmagan mag‘lubiyati, "Qizilqum"ning mehmondagi ilk g‘alabasi, qizil kartochka olgan Qosimov - Superligada 14-tur o‘yinlari

  • 28 iyul, 2019, 15:50
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

26-27 iyul kunlari Superligada ikkinchi davraning ilk turi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlardan avval "Navbahor" va "Lokomotiv"ning g‘alabasi kutilgandi. Ammo "Qizilqum" hamda "So‘g‘diyona" taxminlar har doim ham o‘zini oqlamasligini ko‘rsatishdi. Tarkibi o‘zgarib ketgan navoiyliklar Namanganda 3 ochkolik bo‘lish bilan birga safardagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. Bu mavsum "Navbahor" Namanganda, "Surxon" Termizda ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olishdi.

Tecno

Toshkent viloyati derbisi murosasiz keskin kurashlar ostida kechdi. O‘yin shu qadar shiddatli o‘tdiki, ikkinchi taymda Mirjalol Qosimovga qizil kartochka ko‘rsatildi.

Quyida 14-tur o‘yinlarining sharhi, protokol va matbuot anjumanida murabbiylarning aytgan fikrlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

NAVBAHOR – QIZILQUM 0:1

“Navbahor” jamoasi Namanganda “Qizilqum”ni qabul qildi.

Mazkur o‘yinda ham ko‘pchilik “Navbahor”dan g‘alaba kutgandi. Ammo davralar oralig‘idagi tanaffusda har ikki klub tarkibida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, "Qizilqum" safiga ko‘plab yangi o‘yinchilar qo‘shildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ushbu bahs bu safar boshqacha kechdi.

Maydon egalari dastlabki daqiqalardanoq ustunlikni o‘z qo‘llariga olishga intilib, raqib jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Shunday holatlarning birida Aleksandr Kasyan darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Ammo so‘nggi pallada u yo‘llagan to‘pga aniqlik etishmadi.

Mehmonlar qarshi hujumda hisobni ochishdi. “Qizilqum”ning gruziyalik hujumchisi Mate Vatsadze 15 metrlar chamasi uzoqlikdan kuchli zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol etdi.

Maydon egalari muvozanatni tiklash maqsadida hujumni kuchaytirishdi. Bellashuv davomida Aleksandr Kasyan va Azizbek Turg‘unboevning urinishlari samarasiz chiqdi.

Qulay vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida namanganliklar mag‘lubiyatga uchrashdi.

4201564155147

Gol: Mate Vattsadze 7

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich (Obid Jo‘raboev, 16), Azizbek Turg‘unboev, Aleksandr Kasyan, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Ilhom Alijonov, Abbos G‘ulomov (Amirbek Jo‘raboev, 68), Ayubhon No‘’monov (Sherzod Hakimov, 46), Nodir Mavlonov

Zaxira: Dilshod Hamroev, Aziz Ibragimov, Shahzod Shaymanov, Hojiakbar Yunusov, Tojiddin Komilov, G‘iyosjon Komilov.

“Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Alisher Sanoev, Lasha Totadze, Stiven Piter, Salim Mustafoev, Sherali Jo‘raev, Aziz Usmonov, Ruslan Margiev, Saidjamol Davlatjonov (Nodirbek Kamolov, 58), Mate Vattsadze (Vohid Shodiev, 86), Doston Ibragimov (Sardor Jahonov, 74)

Zaxira: Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Fayzulla Qambarov, Mirjalol Qosimov, Suhrob Yarashov.

Ogohlantirishlar: Saidjamol Davlatjonov 11, Lasha Totadze 90+1.

Hakamlar: Hasan Ro‘ziev, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, O. To‘ychiboev

10880 tomoshabin.

Hamidjon Aktamov: - Bugun har ikki jamoa hujumkor, muxlislarbop o‘yin namoyish etdi. Navoiyda kechgan bahsda “Navbahor” boshqacha harakat qilgandi. Bellashuvda omad bizga kulib boqdi va g‘alaba qozondik.

Birinchi davrada barqarorlik etishmadi va shuning hisobiga davralar oralig‘idagi tanaffus paytida tarkibimizga bir qator yangi futbolchilarni jalb etdik. Bugungi bahsda eski tarkibdagi futbolchilardan bor-yo‘g‘i 3 nafari maydonga tushdi, xolos. O‘zgarishlar mana birinchi o‘yindanoq o‘z mevasini berishni boshladi.

Namanganda ochko olish har qanday klubga qiyinchilik tug‘diradi. Biz esa shunga harakat qildik va “Navbahor”ni yutdik. “Qizilqum” kelasi yildan yuqori o‘rinlar uchun kurashadi.

Deyan Jurjevich: - Yangi jamoangning o‘z maydonidagi ilk bahsida mag‘lubiyatga uchrashi alamli, albatta. Shogirdlarim yaxshi o‘ynab, imkoniyatni boy berishdi. Mehmonlarning darvozamiz tomon yo‘llagan birinchi zarbasi golga aylandi. Shu sababli, bizga ancha qiyin bo‘ldi.

“Navbahor” uchrashuvda burilish yasash uchun harakat qildi. Futbolchilarimga o‘yin borasida hech qanday e’tirozim yo‘q. Jamoani muhim futbolchilar tark etishdi. “Navbahor” yangi murabbiy qo‘l ostida harakat qilmoqda, tarkibda yangilar bor. Shu bois, jamoa o‘yinida o‘zgarish qilish uchun biroz vaqt talab etiladi.

Jahonning mashhur murabbiylaridan biri Joze Mourino jamoani yaxshilab o‘rganish uchun 2 yil vaqt kerakligini aytgan. Ayni paytda O‘zbekistonda transfer oynasi ochilgan hamda safimizga mahoratli futbolchilarni jalb etish uchun imkoniyatimiz bor. Ammo ko‘plab yaxshi o‘yinchilarning shartnomalari mavjud. Shuning uchun qo‘ldan kelganicha, bir qator yangilarni tarkibga qo‘shib oldik.

 

PAXTAKOR – QO‘QON-1912 3:1

"Paxtakor" Toshkentda "Qo‘qon-1912"ni 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

Bellashuv boshidan tashabbusga erishgan "sherlar" dastlabki daqiqalarda qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Hojiakbar Alijonov va Igor Sergeevning zarbalariga aniqlik etishmadi. 22-daqiqada esa Odiljon Hamrobekovning ajoyib harakatidan keyin hisob ochildi. Hamrobekov markazda raqiblardan o‘tib ketib, to‘pni Jaloliddin Masharipovga aniq oshirdi. U esa yaqin masofadan xotirjamlik bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Tanaffusdan keyin hujumlarga yanada zo‘r bergan mezbonlar 6 daqiqa ichida yana 2 ta to‘p kiritishdi. Qanotdan Masharipovning uzatmasidan so‘ng Dragan Cheran boshi bilan darvozani ishg‘ol etdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Jaloliddin burchakdan oshirgan to‘pni Marko Simich boshi bilan zarba berib, golga aylantirdi.

Qo‘qonliklar 77-daqiqada Muhammadanas Hasanovning aniq zarbasi bilan oradagi farqni qisqartirishdi. 3:1 hisobida zafar quchgan "Paxtakor" yaqin ta’qibchisidan 11 ochkoga o‘zib ketdi.

5781564197126

Gollar: Jaloliddin Masharipov 22, Dragan Cheran 48, Igor Sergeev 51, Muhammadanas Hasanov 84

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Jalolidin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeev (Bobirjon Asqarov, 86), Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullaev, 72), Marat Bikmaev (Dostonbek Hamdamov, 61), Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jaev, Farruh Sayfiev, Marko Simich.

Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Jahongir Ahmadov, Xumoyunmirzo Iminov, Shohruh Mahmudhojiev, Vladimir Kozak.

“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullaev, Jamshid Hasanov (Timur Hakimov, 69), Quvondiq Ro‘ziev, Avaz Mamatxo‘jaev, Oybek Rustamov, Suxrob Berdiev (Muhammadanas Hasanov, 75), Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Hamidillo Abduhamidov, 87), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Holmuhamedov.

Zaxira: Sarvar Karimov, Timur Usmonov, Jasur Yoqubov, Alisher Samatov.

Ogohlantirish: Oybek Rustamov 64

Hakamlar: Sherzod Qosimov, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, A. Ergashev

5176 tomoshabin.

Vitaliy Ni (“Qo‘qon-1912” jamoasi vitse-prezidenti): - Tanaffus juda qisqa bo‘ldi. Odatda bunday pallada futbolchilarga biroz qiynalishadi. Ochiq futbol namoyish etdik, raqibdan qo‘rqish kerak emasligi haqida aytilgandi. Futbolchilarimiz nomdor raqibga qarshi yaxshi o‘ynashdi. “Paxtakor” qanday kuchga ega ekanligini barcha yaxshi biladi. Ayni paytda jamoada Aziz To‘xtaboev bosh murabbiy vazifasini bajarmoqda, ammo bugungi bahsdan keyingi matbuot anjumanida men ishtirok etishimni so‘radi.

Transfer oynasi hali yopilgani yo‘q va selektsiya ishlari davom etadi. 5 avgustgacha vaqt bor. Yashiradigan hech nima yo‘q, "Paxtakor"dan yana bir futbolchi olishni rejalashtirayapmiz, shuningdek, darvozabon va hujum chizig‘i uchun futbolchilar olib kelmoqchimiz.

Shota Arveladze: - Tanaffusdan so‘ng boshlab olish har doim qiyin. Jarohatlanganlar safga qaytishi, etakchilarning esa yana avvalgi sur’atni tiklab olishi oson kechmaydi. Bugun juda ham asabiylashdim. Sababi "Qo‘qon-1912" bilan o‘ynash oson emas. Biz uch ochkoga haqli edik. Ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirdik. Xatolar bo‘ldi, ular har bir bahsda uchraydi.

"Lokomotiv" bilan 11 ochkolik farqni katta deya olmayman. Mavsum endi boshlandi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Menga bu yilgi va o‘tgan mavsumdagi chempionat yoqadi. "Lokomotiv" hamda "Paxtakor" kabi jamoalar chempionat etakchilaridir. Chiroyli o‘yin ko‘rsatayotgan "Bunyodkor" va "Nasaf"ni unutmaslik kerak. Boshqalarni hurmat qilgan holda "So‘g‘diyona", AGMK, "Navbahor", "Metallurg" klublariga qarshi o‘ynash ham qiyin.

Mehmondagi har bir uchrashuv mushkul kechadi va ochko olish ham oson bo‘lmaydi. Mag‘lubiyat haqida savol bermasliklaringizni so‘rayman, sababi biz doim maksimal natijaga harakat qilamiz. Hozir 14 turni o‘tkazdik. Hali terma jamoadagi o‘yinlar bor. Undan keyin esa chempionat doirasida yana 12 tur kutib turibdi.

 

SO‘G‘DIYoNA – LOKOMOTIV 1:0

Ikkinchi davrani ushbu raqiblar yaxshi transferlar bilan boshlashdi. “So‘g‘diyona” Jasur Hasanov bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar” Oston O‘runovni o‘z saflariga qo‘shib olishdi. Mazkur o‘yinchilar “So‘g‘diyona” va “Lokomotiv”ga foydasi tegishi aniq.

Bu bellashuvda poytaxtliklarning imkoniyatlari yuqoriroq baholanayotgandi. Biroq mezbonlar o‘yindan oldingi tahminlar har doim ham o‘zini oqlamasligini amalda isbotlashdi.

Bahs davomida tomonlar ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Lekin gol uchrashuvning oxirgi daqiqasida kiritildi.

Ulug‘bek Baqoev birinchi davradan so‘ng Jizzaxga taklif etgan o‘zining sobiq shogirdi Shohruz Norxonov 90-daqiqada darvozani ishg‘ol etib, murabbiyning ishonchini oqladi. Ushbu muvaffaqiyat “So‘g‘diyona”ga g‘alabani taqdim etdi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv”ni esa qimmatli ochkolardan mosuvo qildi.

Gol: Shohruz Norxonov 90+1

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shayqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov, 64), Jasur Hasanov, Nikola Milinkovich, Ivan Nagaev (Izzatilla Abdullaev, 70), Shahboz Jo‘rabekov (Sherzod Fayziev, 50).

Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Nuriddin Hasanov, Siroj Meliev, Oybek Nurmatov, Dian Talxatov, Daniel Nasriddinov.

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzaev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Diyorjon Turopov, 73), Islom To‘xtaxo‘jaev, Javohir Esonqulov (Arslanmurad Amanov, 46), Yovan Jokich (Oston O‘runov, 74), Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteev, Igor Yelich.

Zaxira: Hojiakbar Jo‘raev, Ibrohim G‘anixonov, Dilshod Komilov, Toxir Rafaelov, Bek Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Iskandar Shayqulov 42, Elyor Orifov 45+2, Sardor Mirzaev 55.

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, R. Abdivohidov.

5205 tomoshabin.

Samvel Babayan: - Menimcha, ushbu bellashuv hech kimni befarq qoldirmadi. Afsuski, tashabbusga ega bo‘lib, ko‘plab vaziyatlar yaratib ham mag‘lubiyatga uchradik. Bu futbolning bir bo‘lagi.

"So‘g‘diyona"ga qarshi Toshkentdagi bellashuvning 88-daqiqasida hisobni ochgandik. Bugun bittadan ko‘proq gol urishimiz mumkin edi.

Mana shunday qaynoq yakunni kutgandim. Sababi ikki jamoa kurashdi. Jizzaxliklar hisobni saqlab qolishga intilishdi. Biz esa g‘alabani ko‘zlab hujumga o‘taverdik. Afsuski, o‘xshamadi, bu biz uchun katta dars bo‘ldi.

Ulug‘bek Baqoev: - Amaldagi chempionga qarshi to‘p tepdik. Shu bois tartibli o‘ynashga va qarshi hujumga o‘tishga harakat qildik. "Lokomotiv" bilan ochiq futbol namoyish etib bo‘lmaydi.

Nimadir o‘xshadi, nimadir yo‘q. Uchrashuv oxirida shogirdlarim xarakter, tartib va g‘alabaga bo‘lgan istak tufayli gol urib, uch ochko egasiga aylandik.

 

SURXON – NASAF 1:3

Birinchi daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishdi. G‘olib G‘aybullaev uzoq masofadan gol urdi.

O‘yin bundan boshlanishini kutmagan mezbonlar hujumga o‘tishdi. ammo termizliklar tomonidan tashkillashtirilgan ayrim vaziyatlarda zarbalar noaniq ko‘rinish olgan bo‘lsa, ba’zida raqib posboni faollik ko‘rsatdi. Qarshiliklarning hujumlari esa ancha havf tug‘dirdi. Ammo birinchi taymda gol boshqa kuzatilmadi.

Tanaffusdan keyin Sharof Muhitdinov burchakdan uzatgan to‘pni Humoyun Murtozaev boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

85-daqiqda Abdul Aziz Yusupov jamoasining uzoq davom etgan hujumini gol bilan yakunlab, umid uchqunlari yoqqandi. Biroq 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Doniyor Narzullaev o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Gollar: G‘olib G‘aybullaev 1, Humoyun Murtozaev 62, Abdul Aziz Yusupov 85, Doniyor Narzullaev 89.

“Surxon”: Asilbek Amanov, Rahmatillo Berdimurodov (Azamat Isroilov, 59), Shohnazar Norbekov, Shavkat Salomov (Azamat Allaniyozov, 65), Abdul Aziz Yusupov, Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliev, Darko Stanoevich, Asror G‘ofurov (Abduqahhor Hojiakbarov, 46)

Zaxira: Azamat Ahmedov, Sardor Qobuljonov, Ravshan Xursanov, Eldor Boymatov, Suhrob Ne’matov, Sanjar Ahmedov.

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullaev, Azizjon G‘aniev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozaev (Oybek Bozorov, 81), Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhiddinov, Sardor Abduraimov (Akmal Mozgovoy, 89), Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullaev, 69), Xurshid Muxtorov, Umar Eshmurodov.

Zaxira: Mashhurjon Muhammadjonov, Husniddin Aliqulov, Jo‘rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Xudoyorxon Sagdullaev, Sherzod Nasrullaev.

Ogohlantirish: Sardor Abduraimov 83.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Farrux Yansupov.

2304 tomoshabin.

Ro‘ziqul Berdiev: - Bellashuv rejamiz asosida o‘tdi va yigitlar g‘alabaga haqli edilar. To‘p nazorati, o‘yinning borishi hamda hisob bo‘yicha ustunlikka erishdik. Shu bois muvaffaqiyat qozondik. Raqibimiz tajribali futbolchilarga ega kuchli jamoa edi.

"Surxon" birinchi davrada yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Ammo hozirgi o‘zgarishlar ularga qanchalik foyda beradi, buni vaqt ko‘rsatadi. Klub olib borayotgan siyosatini ko‘llaymiz, lekin uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga aralashishga haqqimiz yo‘q.

Baxtiyor Ashurmatov: - Avvalambor, bugungi mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman. «Nasaf» yaxshi jamoa, lekin muxlislarimiz oldida o‘z maydonimizda bundan yaxshirok, tajovuzkorroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Biz ishqibozlarimiz oldidagi aybimizni yuvish uchun keyingi o‘yinlarda xudo xohlasa kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishimiz lozim. Rahbariyatimiz jamoaga hamma sharoitlarni yaratib berishmokda. Oylik maoshlar ham to‘landi. Biz shunga yarasha munosib uyin ko‘rsatishimiz kerak. Mag‘lubiyatda aybdorman. Surxondaryoda yaxshi jamoa bo‘lishi uchun yurakdan mehnat kilmokdamiz. Nasib kilsa, tez orada jamoamiz muxlislarimizga manzur bo‘ladigan chiroyli o‘yin ko‘rsatishiga ishonib qolaman.

 

BUNYoDKOR – DINAMO 4:2

Oltita gol urilgan bellashuvda uch futbolchi dublga erishdi.

Uchrashuvni mehmonlar faol tarzda boshlashdi. Samarqandliklar hujumchisi Bahodir Nasimov bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Biroq golni mezbonlar urishdi. Chap qanotdan Xurshid G‘iyosov uzatgan to‘pni Mirjahon Mirahmadov darvozaga yo‘lladi. 40-daqiqada Xurshid G‘iyosov hisobni ikkitaga oshirdi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mehmonlar vakili Ixtiyor Toshpo‘latov raqib himoyachilarining xatosidan foydalanib, oradagi farqni bittaga qisqartirdi.

Taym oxirida Mirkomil Loqaev jarima maydoni ichida Xurshid G‘iyosovni yiqitdi va bosh hakam penalti belgiladi. G‘iyosovning o‘zi 11 metrli jarimadan to‘pni to‘rga yo‘lladi.

Tanaffusdan keyin “qaldirg‘ochlar” hisobni yana-da yiriklashtirishdi. G‘iyosoving pasidan so‘ng yana Mirahmadov gol urdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida zaxiradan maydonga tushgan Amirjon Safarov chap qanotdan uzatgan to‘pni Ixtiyor Toshpo‘latov boshi bilan darvozaga kiritdi.

O‘yinda "Bunyodkor" 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Xurshid G‘iyosov jamoasining barcha gollarida ishtirok etdi.

Gollar: Mirjahon Mirahmadov 26, 57, Xurshid G‘iyosov 40, penalti 45+1, Ixtiyor Toshpo‘latov 44, 75

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Jasur Jaloliddinov, 60), Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov (Dmitriy Ostrovskiy, 65), Sanjar Qodirqulov (Boburbek Farhodov, 83), Nurillo To‘xtasinov, Evgeniy Chumak, Abdulla Abdullaev.

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Vladislav Nuriev, Sanjar Rixsiboev, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov.

“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqaev, Hakimhon A’lamxonov, Akmal Holmurodov, Jasur Azimov, Bahodir Nasimov (Damir Temirov, 67), Bobur Qosimov, Sardor Eminov (Amirjon Safarov, 62), Ixtiyor Toshpo‘latov, Obid Hakimov (Qadamboy Nurmetov, 46), Shohruh Abdurahmonov.

‌Zaxira: Shohruh Raimov, Nizom Norov, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroev, Jasur O‘rinov, Komil Sharofuddinov.

Ogohlantirishlar: Evgeniy Chumak 12, Javohir Qahramonov 23, Nurillo To‘xtasinov 32, Shohruh Abdurahmonov 32, Jasur Azimov 90+1.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, N. Qosimov

1130 tomoshabin.

Davron Fayziev: - Mag‘lubiyatdagi aybni o‘z bo‘ynimga olaman. Chunki tarkib va taktika tanlashda xatoga yo‘l qo‘ydim. Shogirdlarimga ishonaman, bugun yomon o‘ynamadik. «Bunyodkor» o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. To‘pni bir-biriga uzatish bo‘yicha raqib bizdan tezroq harakat qildi. Ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan boshlash yoqimsiz, albatta.

Hozir kimnidir ayblash noo‘rin, deb o‘ylayman. O‘tkazilgan gollarda darvozabonimiz emas himoya va yarim himoyachilarimizning xatosi ko‘proq. Ikkinchi bo‘limda gol urish uchun bizda talaygina vaziyatlar bo‘ldi. Ammo...

Vadim Abramov: - «Dinamo» juda yaxshi jamoa, lekin biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. Havo issiqligini inobatga olmasa, yomon o‘ynamadik, shunchaki hisob 4:1 ko‘rinishga kelganda, futbolchilar biroz xotirjamlikka berilgani sababli gol o‘tkazib yubordik.

Legionerlar haqida nima deyishim mumkin? Evgeniy Chumak umumiy ma’noda yomon ko‘rinmadi. Har qanday futbolchiga yangi jamoasiga moslashish uchun vaqt kerak. Dmitriy Ostrovskiy esa bugun Minsk yig‘indagi kabi yorqin o‘ynamadi. Ammo hali hammasi oldinda.

 

ANDIJON – BUXORO 2:0

Turning e’tibordan chetda qolgan bellashuvi. Chunki bu jamoalar joriy mavsumdagi o‘yinlari bilan diqqatni torta olishmayapti. “Andijon” va “Buxoro”ning salbiy natijalari o‘z muxlislarini ranjitmoqda. Ikki autsayderning to‘qnashuviga qiziqish deyarli bo‘lmadi.

Mavsum avvalida “Sog‘lom-avlod” stadionining maysasi almashtirilgandi. Ayni kunga kelib katta pullar sarflangan maydon yaroqsiz holatga kelib qolgan. Mutasaddilarning e’tiborsiziligi oqibatida yil boshidagi mehnat zoe ketdi.

Jamoalar maydonga ko‘nikib olishguncha bir taym o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida belgilangan jarima zarbasini Oybek Qilichev ajoyib tarzda amalga oshirib, gol urdi - 1:0.

Uchrashuv yakunlanib borayotganda, Qahramon Bahodirov chap qanotdan oshirib bergan to‘pni Farhod Bekmurotov darvozaga aniq yo‘lladi - 2:0.

971564292059

Gollar: Oybek Qilichev 76, Farhod Bekmurotov 90+2

“Andijon”: Ruslan Matniyozov, Jalil Kimsanov (Qahramon Bahodirov, 86), Farhod Bekmurotov, Shahzod Ubaydullaev (Oybek Qilichev, 73), Dilshod Rahmatullaev, Sardor Azimov (Xushnud Avilov, 88), Ro‘zimboy Ahmedov, Abdurahmon Abdulhaqov, Radosav Aleksich, Abror Husinov, Bobir Asqarov

Zaxira: Akmal Ortiqov, Ibrohim Otaxonov, Ildar Mamatkazin, Doniyor Ismoilov, Baxtiyor Qosimov, Davron Isoqov.

“Buxoro”: Rahim Davronov, Mirjalol Jumaev, Salamat Quttiboev, Asadbek Sobirjonov, Ergash Ismoilov, Behruz Shodmonov, Toxir Shamsitdinov, Andrey Sidorov (Murod Bobojonov, 78), Jahongir Abdumo‘minov (Anvar Jo‘raev, 79), Milovan Kapor, Fathullo Fathulloev (Jamoliddin Ubaydullaev, 66).

Zaxira: Xurshid Xo‘jaev, Akobir To‘raev, Abbos Jumaqulov, Behruz Sa’dilloev, Asiljon Begimqulov, Artyom Kulesha.

Ogohlantirishlar: Bobir Asqarov 13, Asadbek Sobirjonov 42, Milovan Kapor 43, Jalil Kimsanov 45+2, Behruz Shodmonov 50, Oybek Qilichev 90+2.

Hakamlar: Vadim Agishev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, T. Suyunov

6182 tomoshabin.

Muhsin Muhammadiev: - O‘zimni oqlamoqchi emasman, lekin bunday maydonda futbol o‘ynab bo‘lmaydi. To‘pni to‘xtatishning ilojisi yo‘q. Kombinatsiyalar tashkil etish mushkul. Davralar oralig‘idagi yig‘inlarimizda tekis maydonlardagi mashg‘ulotlarda ana shularga urg‘u bergandik.

Bunday maydonda futbolchilarning ko‘rsatgan o‘yinlariga baho berish qiyin. Futbolni yaxshi maydonda o‘ynash kerak. Bu erda jang va kurash bo‘ldi. Ikkita jamoa kurashdi, futbol o‘ynashmadi. Buni "tep va yugur" deydi.

Jarimadan kiritilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Lekin o‘yin durangga mos edi. "Andijon"ga omad kulib boqdi.

Aleksandr Xomyakov: - Uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdik. Ochig‘ini aytaman, Superligada qolish uchun kurashayapmiz. Shu bois biz uchun hozir eng muhimi natija! Ayni paytda chiroyli o‘yin namoyish etish xaqida o‘ylash mavridi emas. Bugun olti ochkolik o‘yin edi va unda g‘alabadan boshqasi bizni qoniqtirmasdi.

Birinchi taymda oddiy futbol o‘ynashga majbur bo‘ldik. Sababi, maydon holati biz xohlagan o‘yinni ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi taymda balansni ushladik. Bir qator vaziyatlar yaratdik. Qilichevning goli amalda bahs taqdirini hal etdi. Bunday vaziyatda futbolni qanday o‘ynashni tushungan shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Har bir uchrashuv biz uchun finaldek.

Moliyaviy muammolar? Bilasizmi, bu klubning ichki siri. Har bir doim g‘alaba qozonaversak, vaziyatimiz stabillashib boraveradi, hammasi o‘zimizga bog‘liq. Lekin tashkiliy ishlardan va boshqa shunga o‘hshash narsalar bizni qoniqtirmoqda.

 

METALLURG – AGMK 2:1

Bu galgi Toshkent viloyati derbisi ancha murosasiz kechdi. Dastlabki daqiqalardanoq har ikkala jamoa futbolchilari maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushganliklarini namoyish etib, to‘p uchun qizg‘in kurashishdi. Birinchi taymda mezbonlar ustunlikka erishishdi. Hujumlardan birida chap qanotdan Islom Isoqjonov boshlab bergan kombinatsiyani Abbos Otaxonov davom ettirdi. U darvoza chizig‘i ustida to‘pni jarima maydoniga bosh bilan uzatdi. Himoyachilar qurshovida turgan Shavkat Mullajonov esa bu vaziyatdan unumli foydalandi – 1:0.

Tanaffusdan so‘ng Mirjalol Qosimov shogirdlari vaziyatni o‘nglash uchun hujumga zo‘r berishdi. 64-daqiqada o‘ng qanotdan boshlangan kombinatsiyani olmaliqliklar to‘purari Zafar Polvonov muvaffaqiyatli yakunladi – 1:1.

Bekobodliklar ham bo‘sh kelishmadi. Ular oxirigacha kurashishdi va 77-daqiqada penalti ishlashdi. 11 mertlik nuqtadan jarima zarbasini Bahodir Pardaev bexato bajardi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

O‘z navbatida, ushbu penaltiga e’tiroz bildirgan mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov 79-daqiqada chetlatildi.

photo_2019-07-28_13-52-27

Gollar: Shavkat Mullajonov 31, Zafar Polvonov 64, Bahodir Pardaev penalti 77

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloev (Zohid Abdullaev, 66), Islombek Isoqjonov (Andrey Shipilov, 90+4), Bahrom Abdurahimov (Sergey Tumasyan, 90+2), Muzaffar Muzaffarov, Shavkat Mullajonov, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.

Zaxira: Zafar Safaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Server Jeparov, Xudoyshukur Sattorov, Shahzod G‘ofurbekov, Muhammad Isaev.

AGMK: Suhrob Sultonov, Dilshod Jo‘raev, Elguja Grigalashvili, San’at Shihov (Mirg‘iyos Sulaymanov, 88), Zohir Pirimov (Murodjon Toshmatov, 57), Jasur Hakimov (Zafar Polvonov, 46), Akmal Shorahmedov, Jasur Umarov, Sardor Rahmonov, Bobir Yo‘ldoshev, Vladislav Kasminin.

Zaxira: Akbar To‘raev, Mirjamol Qosimov, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Saydullo Rahmatov, Kamronbek Saydazimov, Shahzodbek Nurmatov.

Ogohlantirishlar: Akmal Shorahmedov 75, Dilshod Jo‘raev 75, Muzaffar Muzaffarov 80, Islom Isoqjonov 83.

Chetlatish: Mirjalol Qosimov (AGMK bosh murabbiyi, 79)

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Ravil Shoyaxmetov, Timur Galeev, Ibrohim Ismoilov.

4521 tomoshabin.

Hikmat Ergashev (AGMK klubi yordamchi murabbiy): - Halol o‘yin faqat futbolchilarga emas, boshqalarga ham tegishli. Hakamlarning bugungi qarorini uchrashuvdan keyin ko‘rib chiqishadi.

Haqiqatdan Toshkent viloyati derbisi yaxshi o‘tdi. Shunaqa bellashuvlardan so‘ng futbolchilar o‘sadi va o‘shanda terma jamoaga nomzodlarni tanlash ham osonlashadi.

Andrey Shipilov: - Bugun viloyatning ikki jamoasi o‘rtasida derbi bo‘lib o‘tdi. Meni xavotirga solgan yagona narsa bu birinchi va ikkinchi davra oralig‘idagi uzilish. Deyarli 45 daraja issiqda mavsumga tayyorlanib, yana qandaydir tushunarsiz testlarni topshirdik. To‘g‘ri, ular kerak. Biroq shogirdlarim ushbu testlar natijasida jarohatlar orttirib olishmoqda va men ularni qayta o‘ziga keltirishim uchun 72 soat vaqt talab etildi. Hammasini qayta ko‘rib chiqish kerakdir, balki. Bugun ikkita to‘p urib, nihoyat g‘alaba qozondik. Ko‘p uchrashuvlarda durang qayd etib, ochko yo‘qtogandik. Hakamlar to‘g‘risida yaxshi ham, yomon ham gapirmaganman. Ularning ishini ko‘rib chiqadigan qo‘mita bor. «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda hakam almashganida ham buni izohsiz qoldirganman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Misha Mk
04/08/2019 12:47
Навбахор тренир умуман тури кемас екан палакат уйдаям юткизадими
Кахрамонжон Сафаров
29/07/2019 12:57
М.Косимовни янаям узокрокга четлатиш керак яхши футболист булган лекин яхши инсон булмаган экан нима булса хам хали хам мен юлдузман деб юрибди билмаса эслатаман 2002-йилда Кувасойда нима каромат курсатганини ёш футболистларни хам ота-онаси бор янаям бу йигитни, (жаноб Косимов) узбек халки шунча авайлай ардоклаб келди жаноб Косимов кулингиздан келса йук жойдан бир команда килиб эл олдида узингизни курсатинг Бор командани бировдан юлиб олиб, Металлург билан булган уйиндагидек камера олдида узингизни шарманда килманг инсонда озгина ор-номус хам булиши керак нима судья сизни хурматингиз учун Металлургни жазолаб тарбиясиз шогирдчаларингизни куллаб пенальтилар куйиб бериши керакмиди
Сабит Каримов
28/07/2019 15:57
Шумқадамлар