
"Navbahor" va "Paxtakor" uchrashuvlarining eng yaxshi to‘purari kim?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston Superligasi 5-turiga start beriladi. Ilk kundayoq bizni markaziy uchrashuv kutib turibdi.
Namangandagi "Markaziy" stadionida amaldagi chempion "Paxtakor" mehmon bo‘ladi. Ushbu bahs oldidan o‘zaro uchrashuvlar to‘purari kimligini bilasizmi?
O‘zaro o‘yinlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix hisoblanadi. U jami 9 marta namanganliklar darvozasiga gol urgan. Leonid Koshelev esa 7 to‘p kiritgan. Shundan 3 tasini "Navbahor", 4 tasini "Paxtakor" safida kiritgan. Igor Sergeev hozircha "lochinlar" darvozasini 7 bor ishg‘ol qilgan. "Sherlar"dan Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev va Odil Ahmedov 4 tadan to‘p kiritgan. "Navbahor"dan Shuhrat Mirxoldirshaev hisobida 4, Oleg Shatskix hisobida 3 gol mavjud. Koshelevdan tashqari Vadim Kotelnikov ham har ikki jamoa safida gol urishga erishgan.
"Navbahor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yinlar to‘purarlari
9 - Aleksandr Geynrix;
7 - Leonid Koshelev, Igor Sergeev;
4 - Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshaev;
3 - Oleg Shatskix.
Fikrlar