
"Navbahor" Xebay uchun kurashdan chiqdi. Sababi ma’lum
Bir necha kun oldin Rubin Xebay "Navbahor" bilan muzokaralar o‘tkazayotgani borasida xabar bergandik. Tomonlar deyarli kelishuvga erishgandi, lekin klubdan legioner transfer ta’qiqi olinmagani uchun ushbu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, namanganliklar PFL bilan bu borada kelishib olishga harakat qildi, lekin muzokaralar o‘z nihoyasiga etdi va ta’qiqi olinmaydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchi o‘z vaqtida "Andijon" bilan Superligada ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan. U klub tarkibida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda u klubga qaytishi mumkinligi borasida yana mish-mishlar tarqalmoqda.
Fikrlar
Super ligasi tupir liga qilib quysa ham bularkan