"Navbahor" – AGMK. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik qaysi jamoa tarafida?

  • 12 noyabr, 2022, 13:44
  • 0
  • Futbol

Superliga 26-turi doirasida jamoamiz o‘z maydonida Olmaliqning AGMK klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 29 marta kuch sinashgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 12 marta, namanganliklar esa 8  marta zafar quchishgan. To‘qqizta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 38:36, AGMK foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda AGMK 45 ochkoni, “lochinlar” esa 33 ochkoni qo‘lga kiritgan.    

Prevyu Navbahor AGMK

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1. 

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:                              

                 2008 yil

“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)

Gollar: Sh.Mirxoldirshoev (25), D.Hojiev (85).

OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)

Gollar: Sh.Mullajonov (66) - Sh.Sharipov (10).

                   2009 yil

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)

Gollar: S.Usmonxo‘jaev (27), B.Haydarov (72-pen.).

                  2010 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)

Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G‘.Jo‘raev (51).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)

Gol: N.Otaqo‘ziev (68).

                   2011 yil

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)

Gol: Z.Pirimov (80).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)

Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullaev (88).

                   2012 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)

Gol: A.Vostrikov (7).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:0)

Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiev (74).

2013 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:4 (1:1)

Gollar: Sh.Erkinov (6), D.Turopov (52), E.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:3 (1:3)

Gollar:  S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboev (23), S.Shoahmedov (32,35).

                    2014 yil

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:1)

Gol: B.Yoqubov (36), Sh.Erkinov (39,63) - Sh.Hakimov (28).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:1 (1:1)

Gollar: A.Isroilov (6),S.Shoahmedov (52,83) - Sh.Erkinov (31).

                    2015 yil

“Navbahor” – “Olmaliq” - 2:2 (1:1)

Gol: Sh.Erkinov (38,68) -  Sh.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)

Gollar: S.Quttiboev (5,65) - D.Jabborov (69).

                            2016 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)

Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiev (22) - A.Rajabov (71).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)

Gollar: A.Abdullaev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isaev (28), A.Amanov (50).

2017 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Gollar: S.Rixsiboev (13), I.Yelich (89) – O.O‘runov (90).

“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)

Gollar: N.Yovanovich (83) – Sh.Mullajonov (90+2).

2018 yil

AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)

Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboev (50), D.Jabborov (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)

Gol: D.Stanoevich (15).

2019 yil  

AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)

Gollar: Sh.Norbekov (90+3) – A.Kasyan (7).

“Navbahor” – AGMK – 0:1 (0:1)

Gol: Z.Polvonov (41).

                   2020 yil

AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:0)

Gollar: Azizbek Turg‘unboev (22) – Yovan Jokich (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 0:0

                   2021 yil

AGMK – “Navbahor” – 2:1 (1:1)

Gollar: Sanjar Tursunov (26-penalti), Shohruh Gadoev (71) - Slavisha Stoyanovich (44-penalti).

“Navbahor” – AGMK – 0:0.

          2022 yil

AGMK – “Navbahor” – 1:2

Gollar: Shohruh Gadoev (49) - Jamshid Iskanderov (11), Zoran Marushich (81).

Mazkur jamoalarning Namanganda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 14 ta bahsning  4 tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, olmaliqliklar ham 4 marta zafar quchishgan. Oltita uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich - 16:14, “Navbahor” foydasiga. 

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – AGMK  uchrashuvi  12 noyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 17:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!